Yetakchilarni birlashtiruvchi maqom

Maxsus loyiha

Technogym xalqaro Bright Uzbekistan loyihasiga qo‘shildi

Yetakchilarni birlashtiruvchi maqom
Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish doirasida Bright Uzbekistan xalqaro loyihasi asoschisi va rahbari Davron Abdullayev Italiyaning Technogym brendi vakillari hamda uning O‘zbekistondagi hamkorlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda Italiyaning Technogym kompaniyasi vakili Guglielmo Benini, Technogym Uzbekistan ta’sischisi Farrux Zakirov va kompaniya direktori Mirsaid Sabirov ishtirok etdi.

Technogym — innovatsiyalar, ilg‘or texnologiyalar, salomatlik madaniyati va faol turmush tarzini o‘zida mujassam etgan xalqaro brend. Kompaniya insonlarning hayot sifati va farovonligini oshirishga qaratilgan yechimlarni taklif etib, zamonaviy fitnes industriyasini rivojlantirishga katta hissa qo‘shib kelmoqda.

Technogym bilan hamkorlik ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlash, qo‘shma tashabbuslarni rivojlantirish va xalqaro hamkorlik ko‘lamini kengaytirish uchun yangi imkoniyatlar ochadi.

Bright Uzbekistan uchun bunday darajadagi xalqaro brendlarning loyihaga qo‘shilishi yetakchi kompaniyalar, tadbirkorlar va investorlarni birlashtiradigan kuchli ishbilarmonlik hamjamiyatini shakllantirish yo‘lidagi muhim qadamdir.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing