Yevropa G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi
Dunyo
Berlin, Parij va London G‘azo sektorida o‘t ochishni darhol to‘xtatishga chaqirdi. Yevropa davlatlari HAMASning G‘azoda hokimiyatda qolishiga qarshi, ammo bu masalaning harbiy yo‘l bilan hal etilishiga ishonmaydi.
Vashingtondan kelgan bayonotga ko‘ra, AQSh prezidenti Donald Tramp Isroilning harbiy harakatlarini “to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi”. HAMAS esa IDFni sulh shartlarini bir tomonlama buzganlikda aybladi va garovga olinganlarning taqdiri “noma’lum bo‘lib qolishini” bildirdi.
21-mart, juma kuni Germaniya, Fransiya va Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirliklari G‘azo sektorida o‘t ochishni “darhol” to‘xtatishga chaqiruvchi qo‘shma bayonot bilan chiqdi. Hujjatda, “Isroilning hujumlarni qayta boshlashi G‘azo aholisi, garovga olinganlar, ularning oilalari va butun mintaqa uchun jiddiy orqaga chekinishdir. Tinimsiz tinch aholining qurbon bo‘lishidan larzaga tushmoqdamiz”, deyiladi.
Yevropa davlatlari barqaror sulhni qayta tiklashga qaratilgan muzokaralarni davom ettirishga chaqirdi, chunki bu “ikki davlat yechimiga va G‘azoni qayta tiklashga olib boradigan yagona ishonchli yo‘l” deb hisoblanmoqda.
Uch davlat tashqi ishlar vazirliklari barcha ta’sir kuchiga ega tomonlarni HAMASning Isroilga yangi hujumlar uyushtirishiga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirdi. Bayonotda shunday deyiladi: “Biz HAMASning G‘azoni boshqarishini yoki Isroilga tahdid solishini qabul qilib bo‘lmaydi, deb hisoblaymiz. Ammo bu mojaroni harbiy yo‘l bilan hal qilib bo‘lmaydi. Harbiy harakatlarning qayta boshlanishi yanada ko‘proq falastinlik va isroillik tinch aholining o‘limiga olib keladi”.
Hujjatda, shuningdek, Isroil xalqaro huquq me’yorlariga “to‘liq rioya qilish”, G‘azo sektoriga insonparvarlik yordamini yetkazish, toza ichimlik suvi va elektr energiyasi bilan ta’minlash zarurligi ta’kidlangan.
FRG, Fransiya va Buyuk Britaniya 19-mart kuni Birlashgan Millatlar Tashkilotining G‘azo sektoridagi binosiga berilgan zarbani qoraladi va bu hodisani sinchkovlik bilan tekshirishga chaqirdi. Ushbu hujum natijasida BMT xodimlaridan biri halok bo‘lgan, yana ikki nafari jarohatlangan.
18-martga o‘tar kechasi Isroil Mudofaa Kuchlari (IDF) G‘azodagi terroristik obyektlarga qarshi havo hujumlarini qayta boshladi. 19-mart kuni Isroil quruqlikdagi operatsiyani ham tikladi va G‘azoning shimoliy va janubiy qismlarini bog‘lovchi “Netzarim yo‘lagi”ni tiklash niyatida ekanini e’lon qildi. Ertasi kuni jangovar harakatlar Rafah shahriga ham tarqaldi.
Ma'lumot o'rnida, 1-mart holatiga ko‘ra, 2023 yil 7 oktyabr kuni asirga olingan 58 kishi hanuz G‘azo sektorida saqlanayotgani xabar qilingan edi.

Powered by Froala Editor