Yevropa sudi, Ozarbayjonni snostga tushgan aholining pulini to'lamaganligi uchun jarimaga tortdi

Dunyo

Yevropa Inson Huquqlari Sudi (YIH) Yevropa sudi Ozarbayjon hukumatini mulk huquqlarini buzganlik uchun 1,7 million yevro jarimaga tortdi. “Bagvanov va boshqalar Ozarbayjonga qarshi” deb nomlangan sud ishga ko'ra, Bokuda "Qish bog'i" qurilishi paytida mahalliy aholi turar va noturar, uy-joylari shahar hokimligi farmonlari asosida buzib tashlanib, aholi boshqa joyga ko‘chirilgan edi.

Yevropa sudi, Ozarbayjonni snostga tushgan aholining pulini to'lamaganligi uchun jarimaga tortdi
Shahar hokimiyati aholi mulki uchun kvadrat metriga 1500 manat taklif qilgan, lekin bu to‘lovlar musodara uchun kompensatsiya sifatida emas, balki savdo shartnomasi shaklida amalga oshirilgan. Aholining ko‘pchiligi shartnomalarni uylarini buzib tashlaganidan keyin imzolashga majbur bo'lgan.

Keyinchalik ular mahalliy sudlarga shartnomalarning noqonuniyligi va kompensatsiya miqdorining yetarli emasligi haqida shikoyat qilishgan, ammo sudlar ularning da'volarini rad etgan. Arizachilar YIHga adolatli sud muhokamasi va mulk huquqlarining buzilishi bo‘yicha murojaat qilishgan.

YIH 2022-yilda ushbu ish yuzasidan qaror chiqargan va mulkni musodara qilish “qonunda belgilangan shartlarga” mos kelmaganligini aniqlagan, tomonlarga tovon masalasini hal qilish uchun vaqt bergan edi.

2025-yil 14-yanvarda Yevropa Inson Huquqlari Sudi e'lon qilgan qaroriga ko‘ra, hukumat 18 arizachiga moddiy va ma'naviy zararlar uchun jami 1 million 693 ming yevro tovon puli to'lashi kerak. Ozarbayjon hukumatiga uch oydan kechikmay jabrlanuvchilarga to'lovni amalga oshirish buyurildi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing