Yosh og‘ir atletikachilarimiz Markaziy Osiyo chempionatida 22 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi
Sport
20-iyun kuni Chirchiq shahri start olgan o‘smirlar (U17) o‘rtasidagi Markaziy Osiyo chempionati o‘z yakuniga yetdi, deb xabar bermoqda O'zbekiston Og'ir Atletika Federatsiyasining matbuot xizmati.
Ma’lum qilinishicha, ushbu chempionatda mintaqaning eng kuchli 100 nafardan ortiq polvonlari ishtirok etdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ushbu musobaqada 22 ta oltin, 16 ta kumush va 7 ta bronza, jami 45 ta medal jamg‘argan holda umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallashdi.
Hisobida 9 ta oltin, 4 ta kumush va 3 ta bronza, jami 16 ta medal bo‘lgan Turkiya terma jamoasi esa ikkinchi o‘rinni band etdi.
8 ta oltin 1 ta kumush va 2 ta bronza jamg‘argan qo‘shni Qozog‘iston terma jamoasi esa umumjamoa hisobida kuchli uchlikka yakun yasab berdi.
Bundan tashqari, musobaqada qatnashgan Qirg‘iziston 34 ta (3 ta oltin, 10 ta kumush va 21 ta bronza), Turkmaniston 13 ta (11 ta kumush, 2 ta bronza) va Tojikiston terma jamoasi a’zolari 7 ta (7 ta bronza) medal qo‘lga kiritdi.
Markaziy Osiyo chempionatining bu galgi mukofot jamg‘armasi 16 ming AQSH dollarini tashkil etdi va sovrindorlar mos ravishda 500 (oltin medal), 300 (kumush medal) va 200 (bronza medal) AQSH dollari miqdorida mukofot bilan taqdirlandi.
O‘g‘il bolalar orasida o‘zbekistonlik Nodir Jo‘rayev, qiz bolalar orasida esa qozog‘istonlik Kseniya Pozorova musobaqaning eng yaxshi sportchisi deb topildi.

Powered by Froala Editor