Yosh parlamentariylar mojarolar va raqamlashtirish sharoitida yoshlar huquqlarini himoya qilishni muhokama qildilar
O'zbekiston
Parlamentlararo Ittifoqning XII global yosh parlamentariylar konferensiyasi doirasida yoshlar huquqlarini mojarolar sharoitida va raqamli davrda himoya qilishga bag‘ishlangan panel sessiyalari bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilar inqirozlar va raqamlashtirishning yoshlar huquqlari hamda imkoniyatlariga ta’siri, shuningdek, parlamentlarning samarali himoya mexanizmlarini shakllantirishdagi rolini muhokama qildilar.
Yoshlar huquqlarini mojarolar sharoitida himoya qilishga bag‘ishlangan birinchi sessiyada qurolli mojarolar va boshqa inqirozli vaziyatlarning yoshlar hayotiga ta’siri ko‘rib chiqildi. Ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ta’lim olish imkoniyatlarini saqlash, tinch va xavfsiz hayot uchun zarur sharoitlarni yaratishga alohida e’tibor qaratildi.
Markaziy Osiyodagi BMT Qochqinlar bo‘yicha oliy komissari vakili, Inson huquqlari qo‘mitasi, Parlamentlararo Ittifoq Yosh parlamentariylar byurosi vakillari, shuningdek, O‘zbekiston, Keniya, Serbiya va Tailand parlamentlari vakillari o‘z fikr va takliflarini bildirdilar.
Ishtirokchilar yoshlarni samarali himoya qilish, zarur ijtimoiy va gumanitar yordam ko‘rsatish, ta’lim va rivojlanish imkoniyatlarini saqlashda xalqaro hamkorlikni kuchaytirish zarurligini ta’kidladilar. Parlamentlarning qonunchilik va parlament nazorati mexanizmlarini takomillashtirish orqali yoshlar muammolarini hal etishdagi roli ham muhokama qilindi.
Boshqa panel sessiyasi raqamli davrda raqamli huquqlarni himoya qilish masalasiga bag‘ishlandi. Unda shaxsiy ma’lumotlar daxlsizligi, so‘z erkinligi, onlayn xavfsizlik va raqamli texnologiyalardan foydalanish sharoitida inson huquqlarini ta’minlash masalalari ko‘rib chiqildi.
Sessiyada O‘zbekiston, Birlashgan Arab Amirliklari va Urugvay parlamentlari vakillari, Parlamentlararo Ittifoq Yosh parlamentariylar byurosi, BMT Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy bo‘limi, Xalqaro elektraloqa ittifoqi hamda «Satyarthi Global Compassion Movement» tashkiloti vakillari qatnashdi.
Raqamli platformalarning inson huquqlariga ta’siri, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, internetdagi so‘z erkinligi va yoshlarni raqamli tahdidlardan himoyalashga alohida e’tibor berildi. Ishtirokchilar raqamli makonda huquq va erkinliklarni himoya qilishning aniq mexanizmlari hamda parlamentlarning bu jarayondagi mas’uliyatini ta’kidladilar.
Yoshlarning raqamli makondagi ishtiroki kengayib borayotgan bir paytda raqamli savodxonlikni oshirish va ishonchli axborotdan foydalanish imkoniyatlarini ta’minlash muhimligi qayd etildi. Sessiyalar yakunida raqamli rivojlanish va inson huquqlari o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlash, shuningdek, xalqaro va parlamentlararo hamkorlikni kuchaytirish muhimligi ta’kidlandi.

Powered by Froala Editor