Zargarlik buyumlarini deklaratsiya to‘ldirmasdan olib chiqish mumkin bo‘ldi
O'zbekiston
Zargarlik buyumlarini bojxonadan olib o‘tish tartibi o‘zgardi.
Endilikda 100 million so‘mgacha bo‘lgan zargarlik buyumlarini deklaratsiya to‘ldirmasdan bojxonadan olib chiqib ketish mumkin. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, 31-oktyabr kuni Prezidentning PF–185-sonli Farmoni bilan ayrim normativ huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Unga ko‘ra, endilikda jismoniy shaxslar qiymati 100 million so‘mgacha bo‘lgan tayyor zargarlik buyumlarini yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirmasdan O‘zbekiston bojxona hududidan tashqariga olib chiqishi mumkin. 100 million so‘m va undan ortiq bo‘lgan buyumlar uchun esa yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasi talab etiladi.
Ma’lumot uchun, bungacha qiymati 5 ming AQSH dollaridan ortiq bo‘lgan tayyor zargarlik buyumlarini yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirgan holda O‘zbekistondan tashqariga olib chiqishga ruxsat berilgandi.

Powered by Froala Editor