Zelenskiy AQSH siyosati o‘zgarsa, Ukraina uchun juda qiyin bo‘lishidan havotirda

Dunyo

Vashington AQSHdagi prezidentlik saylovlaridan so'ng, Kiyevni qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatsa, Ukraina uchun xavfli ekanligi haqida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Times of India nashriga ma'lum qildi.

Zelenskiy AQSH siyosati o‘zgarsa, Ukraina uchun juda qiyin bo‘lishidan havotirda
“Ko‘p narsa AQSH siyosatiga bog‘liq. Menimcha, hamma narsa AQSHdagi saylovlarga bog‘liq desak, to‘g‘riroq bo‘ladi. Ko‘p narsa, lekin hammasi emas. Ukrainadagi urushning boshlanishida xalqimiz AQSH va boshqa ittifoqdoshlarning yordamisiz ham munosib tura oldi” dedi Zelenskiy.

Zelenskiyning fikriga ko‘ra, AQSHning yangi prezidenti kim bo‘lishini hozirdan aniq aytish qiyin.Eslatib o'tamiz, AQSHda prezidentlik saylovlari 5-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing