Zelenskiy: "Avval Tramp bilan, keyin esa ruslar bilan muzokara qilamiz"
Dunyo
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp hamda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan ehtimoliy uchrashuvlar haqida o‘z pozitsiyasini bildirdi. U avval Tramp bilan uchrashishni, keyinchalik Rossiya bilan muzokara qilishni afzal ko‘rishini ta’kidladi.
Zelenskiy o‘z fikrlarini podkaster Leks Fridman bilan suhbatda ma’lum qildi. “Menimcha, 25-yanvar yoki boshqa bir kuni birinchi bo‘lib Tramp bilan uchrashamiz. Biz Tramp bilan urushni va Putinni qanday to‘xtatishimiz mumkinligini muhokama qilamiz. Agar Tramp kuchli xavfsizlik kafolatlarini taklif qilsa, keyin ruslar bilan gaplashish mumkin,” — dedi Zelenskiy.
Zelenskiy Yevropa davlatlarini ushbu jarayonga jalb qilish zarurligini aytdi: “Biz uchun muhimki, Yevropa ham o‘z ovoziga ega bo‘lsin. Yevropa Ukraina pozitsiyasini qo‘llab-quvvatlaydi.” U Tramp va Yevropa davlatlari birgalikda Ukraina uchun kuchli xavfsizlik kafolatlarini taqdim etishiga umid bildirdi.
Zelenskiy o‘t ochishni to‘xtatishdan oldin Ukraina xavfsizligi va mudofaasini mustahkamlash uchun aniq kafolatlar va qurol-yarog‘ bilan ta'minlanishi kerak dedi. “Tramp o‘t ochishni to‘xtatishni amalga oshirsa-yu, uch oy o‘tib Putin yana hujum boshlasa, bu vaziyatda Tramp ham, Ukraina ham yutqazadi. Putin hozir Trampdan qo‘rqadi. Agar Tramp Ukraina uchun jiddiy xavfsizlik kafolatisiz o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lsa, bu Putinga yana imkon beradi.”
Zelenskiy fikriga ko‘ra, muzokaralar avval AQSh bilan Ukraina o‘rtasida boshlanib, xavfsizlik masalalarini hal qilish lozim. Shundan keyin Yevropaning faol ishtirokida Rossiya bilan tinchlikka erishish haqida gaplashish mumkin.

Powered by Froala Editor