Zelenskiy harbiy holat va umumiy safarbarlikni 13-maygacha uzaytirdi

Dunyo

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Oliy Rada tomonidan qabul qilingan harbiy holat va umumiy safarbarlikni qo‘shimcha 90 kunga — 13-maygacha uzaytirish to‘g‘risidagi qonunlarni ma’qulladi.

Zelenskiy harbiy holat va umumiy safarbarlikni 13-maygacha uzaytirdi
Ikkala hujjat ham Prezident imzosi bilan qaytarildi. Taklif etilgan qonun loyihalari Rada tomonidan 6-fevral kuni qabul qilingan.

Eslatib o’tamiz, Ukrainada harbiy holat va umumiy safarbarlik 2022-yil 24-fevralda joriy etilgan. Bu qaror o'ninchi marta uzaytirilmoqda. Harbiy holatning doimiy ravishda uzaytirilishi o‘tgan yilning oktyabr oyi oxiriga belgilangan parlament saylovlarining bekor qilinishiga olib keldi. Ukraina Konstitutsiyasiga ko‘ra, harbiy holat davrida ovoz berishni tashkil etish taqiqlanadi. Safarbarlikni uzaytirish tufayli bu safar ham bahorgi prezidentlik saylovlarini o’tkazish imkonsiz bo’lmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing