Zelenskiy Ibero-Amerika sammiti iştirokçilarini Ukrainaga energetika tizimini tiklaşda yordam berişga çaqirdi
Dunyo
Ukraina Prezidenti Volodimir Zelenskiy Madridda bo‘lib o‘tgan 30-Ibero-Amerika sammitida mintaqa davlatlari va Ispaniyani Ukraina energetika infratuzilmasini tiklashga zudlik bilan yordam berishga chaqirdi. U Rossiyaning raketa va dron hujumlaridan keyin energetika tizimini ta’mirlash uchun transformatorlar, elektr kabellari, elektrotexnika uskunalari hamda generatorlar zarurligini bildirdi.
Zelenskiy 5 noyabr kuni sammitning maxsus panelida so‘zlar ekan, Ukraina energetika tizimi keng xalqaro ko‘makka muhtojligini ta’kidladi. Uning aytishicha, Rossiya zarbalari mamlakatdagi barcha elektr stansiyalariga zarar yetkazgan, energetiklar esa keng ko‘lamli elektr uzilishining oldini olish uchun kecha-yu kunduz ta’mirlash ishlarini olib bormoqda.
Ukraina rahbari forum ishtirokchilarini mamlakat elektr tarmog‘iga mos uskunalarni tez yetkazib bera oladigan kompaniya va ishlab chiqaruvchilar bilan bevosita aloqalarni yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashishga chaqirdi. Xususan, Kiyev Braziliya, Meksika, Argentina va Kolumbiyadan transformatorlar, Chilidan elektr kabellari, Ispaniyadan esa elektrotexnika uskunalari, kabellar va generatorlar olishdan manfaatdor. Generatorlar dizel va gazda ishlaydigan turlarni o‘z ichiga oladi.
Zelenskiy xalqaro hamjamiyatni Rossiya hujumlari oqibatlari haqida sukut saqlamaslikka va Ukrainani diplomatik jihatdan qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi. Prezident mamlakat Ibero-Amerika sammitida ilk bor ishtirok etayotganini qayd etdi. Uning ta’kidlashicha, Lotin Amerikasi davlatlari bilan muloqot xalqaro ko‘makni, jumladan, BMT Bosh Assambleyasidagi qo‘llab-quvvatlashni kengaytirish uchun muhim.
Sammit doirasida Zelenskiy Ispaniya Boş vaziri Pedro Sanchez, Yevropa kengashi raisi Antonio Costa va Yevropa komissiyasi raisining o‘rinbosari Teresa Ribera bilan masalalarni muhokama qildi. U Madridga ko‘rsatayotgan yordami uchun minnatdorlik bildirib, qirol Felipe VI bilan ham uchrashdi va Rossiya zarbalari oqibatlari haqida ma’lumot berdi. Ukraina Prezidenti havo hujumidan mudofaa tizimini kuchaytirishda Ispaniya ko‘magiga umid qilayotganini aytdi.
Sammit 2026-yil 4–5 noyabr kunlari Madridda o‘tkazildi. Unda ilk bor qatnashgan Ukraina ushbu maydondan ispan tilida so‘zlashuvchi va Lotin Amerikasi mamlakatlariga aniq texnik hamda diplomatik yordam so‘rab murojaat qilish uchun foydalandi.

Powered by Froala Editor