Zelenskiy Tramp va Putin uchrashuviga qo‘shilishga tayyorligini bildirdi
Dunyo
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSh va Rossiya rahbarlari — Donald Tramp hamda Vladimir Putin o‘rtasida Budapeshtda o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan uchrashuvda ishtirok etishga tayyorligini bildirdi. U bu haqda NBC News telekanaliga bergan intervyusida aytib, “adolatli tinchlik faqat ikki tomon ishtirokida erishiladi”, dedi.
Zelenskiy so‘zlariga ko‘ra, u bu fikrini Tramp bilan Oq uydagi uchrashuv chog‘ida ham bildirgan.
“Men tayyorman. Buni Prezident Trampga Oq uyda aytganman. Adolatli tinchlik faqat barcha tomon ishtirok etgandagina mumkin”, — dedi u.
U, shuningdek, Ukraina hududining bir qismini Rossiyaga berish evaziga urushni to‘xtatish ehtimolini qat’iyan rad etdi.
“Agar diplomatiya orqali urushni to‘xtatmoqchi bo‘lsak, o‘z o‘rnimizda turishimiz kerak. Putinga ortiqcha hech narsa bermaymiz”, — dedi Zelenskiy.
Zelenskiy Ukraina urushda mag‘lub bo‘lmaganini, lekin Rossiya ham g‘alaba qozonmaganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Putin frontdagi muvaffaqiyatsizliklarni havo hujumlari va energetika inqirozi orqali qoplamoqchi.
Oq uy matbuot kotibi Kérolayn Levitt ma’lum qilishicha, Vashington Budapesht sammitida Zelenskiy ham qatnashishini kutmoqda. Biroq Tramp 17-oktabr kuni Zelenskiy bilan uchrashgach, “u Budapeshtga bormaydi, lekin doimiy aloqada bo‘lamiz”, degan.
Tramp ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ikki armiya “hozirgi chiziqlarda to‘xtashi, har ikki tomon o‘z g‘alabasini e’lon qilishi va ortiqcha qurbonliklarga chek qo‘yishi kerakligini” yozdi.

Powered by Froala Editor