Zelenskiy: Ukrainaga har yili 65 mlrd dollar kerak

Dunyo

Ukraina budjet taqchilligini qoplash va mudofaa salohiyatini kuchaytirish uchun har yili 65 milliard dollarga muhtoj, dedi Vladimir Zelenskiy. Prezident Yevropadan nafaqat qurol-yarog‘larni, balki harbiylarning maoshlarini ham moliyalashtirishni so‘ramoqchi.

Zelenskiy: Ukrainaga har yili 65 mlrd dollar kerak
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy uning mamlakatiga byudjetni qo‘llab-quvvatlash va harbiy qudratni oshirish uchun yiliga 65 milliard dollar kerakligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 40 milliard dollar budjetning asosiy taqchilligini tashkil etadi, yana 25 milliard dollar dronlar, raketalar va radioelektron kurash vositalarini ishlab chiqarish uchun zarur.

"Men allaqachon muzokaralarni boshladim. Bu oson emas, lekin men davlatlar rahbarlari bilan gaplashyapman," - dedi Zelenskiy. Uning aniqlik kiritishicha, u bu masalani Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, Buyuk Britaniya bosh vaziri Keyr Starmer, Niderlandiya hukumati rahbari Mark Ryutte, shuningdek, AQSH vakillari bilan muhokama qilgan.

Prezidentning ta’kidlashicha, Ukrainaga nafaqat qurol ko‘rinishidagi qo‘llab-quvvatlash, balki harbiy xizmatchilarga maosh to‘lashda ham yordam kerak. Jamiyatning toliqishi va kadrlar yetishmovchiligi sharoitida harbiylarning motivatsiyasi muhim ahamiyat kasb etadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing