2024-yilda “iPhone” sotuvi qisqarishi kutilmoqda

Texnologiya

“TF International Securities” kompaniyasining taniqli insayderi va tahlilchisi Ming-Chi Kuoning taxminlariga ko‘ra, Xitoyda talabning pasayishi tufayli “iPhone” sotuvi 2024-yilda 15% ga qisqarishi mumkin.

2024-yilda “iPhone” sotuvi qisqarishi kutilmoqda
Kuoning qayd etishicha, “Apple” kompaniyasi “iPhone” ishlab chiqarish uchun yarimo‘tkazgichli komponentlarga 200 million kamroq buyurtma berishni rejalashtirmoqda, bu esa o‘tgan yilga nisbatan smartfonlar yetkazib berish hajmining 10-15% ga qisqarishiga olib keladi. U kompaniyaning bu qarorini Xitoyda “iPhone”ga talabning kamayishi va premium smartfonlar bozorida egiluvchan ekranli qurilmalar raqobati bilan bog‘laydi.

Tahlilchisi, shuningdek, 2024-yil oxirida “Apple” barcha eng yaxshi sotuvchilar orasida smartfonlar bozoridagi ulushining eng katta pasayishini ko'rsatadi, deb hisoblaydi. Bu “Samsung” yana savdo hajmi bo'yicha yetakchi o'rinni egallashini anglatadi.

Bundan tashqari, Kuo bo‘lajak “iPhone 16” seriyasi haqida umumiy fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Uning fikricha, smartfonlar 2024-yilda sezilarli innovatsiyalarga ega bo‘lmaydi va asosiy urg‘u sun’iy intellektning iOS 18 operatsion tizimiga integratsiyalashuviga qaratiladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing