TDT vazirlari COP31 doirasida atrof-muhit va iqlim masalalarini muhokama qildilar

Dunyo

Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) atrof-muhit va iqlim masalalariga mas’ul vazirlari 2026-yil 16-noyabr kuni Antaliya shahrida COP31 doirasida yuqori darajadagi davra suhbatini ötkazdilar. Tadbir COP31 raisligi va TDT Kotibiyati hamkorligida tashkil etildi.

TDT vazirlari COP31 doirasida atrof-muhit va iqlim masalalarini muhokama qildilar
Davra suhbatida Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya, Özbekiston va Shimoliy Kipr Turk Respublikasining vazirlari hamda yuqori martabali vakillari ishtirok etdi. Davra suhbatini Turkiya atrof-muhit, shaharsozlik va iqlim özgarishi vaziri, COP31 prezidenti Murat Kurum ochib berdi.

U TDTga a’zo davlatlarni “35-yilga qadar 35” (“35 by 35”) Global elektrlashtirish majburiyatiga qo‘shilishga taklif qildi. Shuningdek, “Turkiy yashil nigoh” (Turkic Green Vision) tashabbusini investitsiya kiritishga tayyor qo‘shma loyihalarga aylantirishga chaqirdi.

TDT Bosh kotibi Mirvohid Azimov tadbirni hamkorlikda ötkazgani uchun COP31 raisligiga minnatdorlik bildirdi va tashkilot doirasidagi ekologik hamkorlik yutuqlarini qayd etdi. U Turkiy dunyo ustuvor yo‘nalishlarini aniq amaliy harakatlarga aylantirish muhimligini ta’kidladi.

Azimov Anqarada ötkazilgan TDTning XIII sammitida davlat rahbarlari Özbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2027-yilni TDT doirasida “Tabiatni muhofaza qilish yili” deb e’lon qilish tashabbusini qo‘llab-quvvatlaganini eslatdi. Bosh kotib a’zo davlatlarni ushbu yilni aniq qo‘shma tadbirlar bilan boyitishga chaqirdi.

Davra suhbati davomida ishtirokchilar COP31 harakatlar kun tartibidagi ustuvor yo‘nalishlarga muvofiq toza energiyaga öтиш, elektrlashtirish, yashil ösiş va aylanma iqtisodiyot masalalarini muhokama qildilar. Ular milliy tajriba almashib, mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash, qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish va iqlimiy moliyalashtirish imkoniyatlarini kengaytirish muhimligini ta’kidladilar.

Yakunida ishtirokchilar TDT doirasida atrof-muhit va iqlim özgarishi sohalaridagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish hamda COP31 kun tartibining amaliy ijrosiga hissa qo‘shishga sodiqligini tasdiqladilar.

Davra suhbati turkiy davlatlarga milliy tajribalarni özaro qiyoslash va iqlim sohasidagi umumiy ustuvor vazifalarni muhokama qilish imkonini berdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing