2024 yilda O‘zbekistonga tashrif buyurgan chet ellik sayyohlar soni keskin oshdi

O'zbekiston

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-oktabr oylarida O‘zbekistonga 6,5 millionga yaqin chet el fuqarolari turistik maqsadlarda tashrif buyurdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning xuddi shu davriga nisbatan 17,2 foizga yoki 951,3 ming nafarga oshgan.

2024 yilda O‘zbekistonga tashrif buyurgan chet ellik sayyohlar soni keskin oshdi
Eng ko‘p sayyohlar yaqin qo‘shni davlatlardan kelishgan. Jumladan, Tojikistondan 1,878,5 ming nafar, Qirg‘izistondan 1,870,3 ming nafar va Qozog‘istondan 1,267,5 ming nafar sayyohlar tashrif buyurdi. Shuningdek, Rossiyadan 686,7 ming, Turkmanistondan 145,0 ming va Turkiyadan 95,7 ming nafar mehmonlar keldi.

Osiyo davlatlari orasida Xitoy (57,7 ming) va Hindiston (55,9 ming) sayyohlari e’tiborga loyiq o‘sishni ko‘rsatdi. Janubiy Koreya va Italiyadan ham mos ravishda 36,5 ming va 36,3 ming nafar sayyohlar tashrif buyurdi.

Ushbu raqamlar O‘zbekistonning xalqaro turizm markazi sifatidagi mavqeini mustahkamlashini ko‘rsatmoqda. Mamlakatning boy madaniy merosi va sayyohlik salohiyati chet elliklar orasida tobora ommalashmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing