2025-yildan boshlab mahalla bankirlari faoliyati yo'lga qo'yiladi
O'zbekiston
16-dekabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida bank xizmatlari orqali mahallalarda kambag'allikni qisqartirish bo'yicha yil yakunlari va 2025-yil rejalariga bag'ishlangan videoselektor yig'ilishi bo'lib o'tdi.
Yig’ilishda, prezident ba'zi rahbarlarning masalaga vaqtinchalik holat sifatida qarayotganini tanqid qildi. Sustkashlik va mas'uliyatsizlik tufayli iqtisodiy kompleksda 297 rahbar ishdan olinib, ularning o'rniga zamonaviy fikrlaydigan yoshlar ishga qabul qilindi.
“Rahbar mahallaga tushib, aholi va tadbirkorlar muammosini hal qilmasa, ishlamaydi. Dunyo iqtisodiy va siyosiy vaziyati keskinlashib borayotgan bir paytda, bu muammolarga vaqtida yechim topishimiz zarur,” dedi davlat rahbari.
Yig'ilishda oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida erishilgan yutuqlar qayd etildi. Oxirgi 6 yilda 750 ming aholi biznesni yo'lga qo'yib, daromad olgan, 58 ming yangi korxona tashkil etilgan.Endi banklar ana shunday muvaffaqiyatli tadbirkorlarni kichik va o'rta biznesga olib chiqishni qo'llab-quvvatlashi lozim.
Ushbu maqsadda “Kichik biznesni qo'llab-quvvatlash” dasturi orqali 300 million so'm kredit ajratish rejalashtirilgan. Bu orqali 1,5 million kishini ish bilan ta'minlash ko'zda tutilgan.
Banklar balansidagi 3 mingta harakatsiz mulk masalasi ham ko'tarildi. Bu mulklarni bozorga chiqarish yoki daromadli biznesga aylantirish orqali 150 ming ish o'rni yaratish imkoniyati borligi ta'kidlandi.
Shuningdek, mahallalarda banklar va hokimlar hamkorligida 4 ta tajribani keng joriy etish, mahalla bankirlari faoliyatini yo'lga qo'yish taklif etildi. Mahalla bankirlari aholi biznes imkoniyatlarini o'rganib, loyihalarni hayotga tadbiq etishga yordam beradi.
Prezident jahon iqtisodiy murakkabliklari fonida moliya-bank tizimida intizom va shaxsiy mas'uliyatni kuchaytirish zarurligini alohida ta'kidladi. Yig'ilishda rahbarlarning hisoboti tinglanib, tadbirkorlarning muvaffaqiyatli tajribalari o'rganildi.

Powered by Froala Editor