2050-yilda insoniyat demografiya muammosiga yuz tutadi

Dunyo

2050-yilga borib dunyoda har oltinchi odam 65 yoshdan oshgan bo'ladi.

2050-yilda insoniyat demografiya muammosiga yuz tutadi
Butunjahon ijtimoiy hisobotiga ko‘ra, sayyoramizda keksalar ulushi oshib bormoqda. 2021-yilda 65 va undan katta yoshdagilar 761 million kishini tashkil etgan bo‘lsa, 2050-yilda ular soni 1,6 milliardga yetadi.

Qayd etilishicha, keksa odamlar sonining o'sishi eng tez rivojlanayotgan mamlakatlarda sodir bo'ladi. Osiyo eng ko'p keksalar yashaydigan mintaqaga aylanadi va Afrika barcha yosh guruhlarida aholi sonining mutanosib o'sishini boshdan kechiradi.

2021-yilda Shimoliy Afrika va G‘arbiy Osiyo mintaqalarida 65 va undan katta yoshdagi 30 million kishi istiqomat qilgan boʻlsa, 2050-yilga borib bu raqam 98 millionga yetishi kutilmoqda.

Hozirda Yevropa va Shimoliy Amerikadagi mamlakatlar keksa odamlar eng ko'p bo'lgan mintaqalar qatoriga kiradi. 2021-yilda 65 yoshdan oshgan aholi soni 208 million kishini tashkil etgan boʻlsa, 2050-yilda bu raqam 303 millionga yetishi aytilmoqda.

BMT hisobotiga qaraganda, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarining rivojlanish darajasi odamlarning umr ko‘rish ko‘rsatkichiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Qashshoqlik, yo‘qchilik va tabaqalanish umr uzunligiga soya soladi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti hisobotiga koʻra, ta'lim va sog'liqni saqlash sohalarining rivojlanishi odamlarning umr ko'rish davomiyligi va qarilikdagi salomatlik holatiga ta'sir qiladi. Daromadlardagi tengsizlik va ogʻir mehnat sharoitlari ham keksalarning turmush darajasiga ta'sir oʻtkazmasdan qolmaydi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing