Istanbul endi Centrum Air bilan yaqinroq

May oyining oxiridan boshlab O‘zbekistonning eng yirik xususiy aviatashuvchisi Centrum Air Turkiya va mamlakatning uchta shahri - Toshkent, Namangan va Samarqand o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda.

Istanbul endi Centrum Air bilan yaqinroq
Istanbul va O‘zbekistonning muhim hududlari o‘rtasidagi yangi reyslar ikki mamlakat o‘rtasidagi transport va sayyohlik aloqalarini kengaytirishda muhim qadam bo‘ladi. Toshkentdagi O‘zbekiston xabi orqali qulay ulanishlar tufayli yo‘lovchilar Bangkok, Seul, Guanchjou, Olmaota va Osiyo hamda Yaqin Sharqning boshqa shaharlariga sayohatni davom ettirishlari mumkin bo‘ladi.

Parvozlar o‘zining qulayligi, yoqilg‘i samaradorligi va ilg‘or texnologiyalari bilan mashhur bo‘lgan yangi Airbus A321neo laynerlarida amalga oshiriladi.

Parvozlar uchun chiptalar aviakompaniyaning rasmiy saytida mavjud: www.centrum-air.com.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing