Shri-Lankaga birinchi elchi tayinlandi
O'zbekiston
O‘zbekistonning Shri-Lankadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi etib Alisher Tuxtayev tayinlandi. U Islomoboddagi rezidensiyadan faoliyat yuritadi. “Dunyo” axborot agentligining xabariga ko‘ra, elchi Shri-Lanka TIV davlat protokoli rahbari Roxana Ambagollaga ishonch yorliqlari nusxasini topshirdi.
Uchrashuvda Shri-Lanka tomoni O‘zbekistonning bu qadamini do‘stona aloqalarni mustahkamlovchi muhim siyosiy ishora sifatida e’tirof etdi. Xususan, Prezident Shavkat Mirziyoyevning Global Janub bilan yaqinlashuv, oziq-ovqat xavfsizligi va mintaqaviy integratsiyaga doir tashabbuslari yuqori baholandi.
Tomonlar savdo, logistika, ta’lim va turizm yo‘nalishlarida amaliy hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor ekanini tasdiqladi. Ikki tomonlama tovar ayirboshlash hajmini yaqin yillarda 50 million dollarga yetkazish maqsad qilingan.
Shuningdek, eksport-import jarayonlarini rag‘batlantirish uchun raqamli platformalar va logistik yechimlar muhokama qilindi.

Powered by Froala Editor