Putin va Muhammad bin Salmon Yamanda harbiy harakatlarni to‘xtatishga chaqirdi
Dunyo
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi va Vazirlar Mahkamasi raisi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi. Tomonlar ikki tomonlama hamkorlik hamda Yaqin Sharq, xususan, Fors ko‘rfazidagi vaziyatni muhokama qildilar.
Vladimir Putin Saudiya Arabistonining yaqinlashib kelayotgan milliy bayrami — Qirollik e’lon qilingan kun munosabati bilan valiahd shahzodani tabrikladi. Rossiya rahbari bundan 100 yil avval SSSR Saudiya Arabistoni Qirolligini tan olgan birinchi xorijiy davlat bo‘lganini ta’kidladi.
Suhbat davomida tomonlar siyosiy, savdo-iqtisodiy va gumanitar sohalardagi hamkorlikning erishilgan darajasidan o‘zaro mamnun ekanini bildirdi.
Muloqotning asosiy qismi Yaqin Sharqdagi vaziyatga bag‘ishlandi. Tomonlar barcha tomonlar manfaatlarini hisobga olgan holda yuzaga kelgan inqirozli vaziyatni siyosiy-diplomatik yo‘l bilan barqarorlashtirish zarurligini qayd etdi.
Yamandagi harbiy-siyosiy vaziyatning yomonlashuvi fonida jangovar harakatlarni imkon qadar tezroq to‘xtatish va BMT shafeligida konstruktiv yamanlararo muloqotni boshlash uchun sharoit yaratish zarurligi tasdiqlandi.
Shuningdek, mintaqadagi xalqaro suv yo‘llari orqali kemalarning xavfsiz va to‘sqinliksiz harakatlanishini ta’minlash muhimligi ta’kidlandi. Bunda Bob al-Mandab va Hormuz bo‘g‘ozlariga alohida e’tibor qaratildi.
Tomonlar turli darajalarda aloqalarni davom ettirishga kelishib oldi.

Powered by Froala Editor