ICTWeek Uzbekistan 2026 Toshkentda boshlandi: markazda texnologiyalar va IT bozori
Texnologiya
Toshkentda 22–25 sentyabr kunlari CAEx ko‘rgazma markazida o‘tkazilayotgan ICTWeek Uzbekistan 2026 haftaligi boshlandi. Unda davlat idoralari, texnologik kompaniyalar, IT sohasi va biznes vakillari ishtirok etmoqda.
Tadbir dasturidan ICT Expo 2026 ko‘rgazmasi, konferensiyalar, forumlar, sammitlar va seminarlar o‘rin olgan. To‘rt kun davomida ishtirokchilar raqamli transformatsiya, sun’iy intellekt, investitsiyalar, IT ta’limi, startaplar va texnologik bozorning yangi imkoniyatlarini muhokama qilmoqda. Tashkilotchilar 25 mingdan ortiq tashrif buyuruvchi, 200 dan ziyod spiker va ekspert hamda 51 mamlakat vakillari ishtirokini kutmoqda.
Ochilish marosimining noodatiy epizodlaridan biri robot-dirijyorning chiqishi bo‘ldi. U orkestrni boshqarish mahoratini namoyish etdi. Shundan so‘ng Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri direktori, O‘zbekiston Milliy simfonik orkestrining bosh dirijyori Alibek Kabdurahmonov “boshlovchi dirijyor”ga mahorat darsi o‘tkazib, hozircha bu vazifani inson yaxshiroq bajarayotganini ta’kidladi.
ICTWeek doirasida O‘zbekiston raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Qoraqalpog‘istonda barpo etilayotgan data-markaz haqida ma’lumot berdi. Uning aytishicha, obyektning birinchi bosqichi 2026 yil oxirigacha tayyor bo‘lishi kerak. «Bu havoyi loyiha emas, O‘zbekistonda qurilayotgan haqiqiy data-markaz. Yil oxirigacha ushbu birinchi “yashil” data-markazdan foydalanish imkoniga ega bo‘lasiz», — dedi vazir. Keyinchalik markaz kengaytiriladi va mamlakatdagi umumiy data-markazlar quvvati kamida 300 MVtga yetkazilishi rejalashtirilmoqda.
Enterprise Uzbekistan global biznesni rivojlantirish bo‘yicha vitse-prezidenti Bahodir Ayupov xorijiy kompaniyalar uchun O‘zbekistonning jozibadorligini belgilovchi omillar qatorida geosiyosiy barqarorlik va xavfsizlik, iqtisodiyot va IT industriyasining rivoji, mamlakatdagi iqtidorlar hamda biznesni uzoq muddatli rejalashtirish imkoniyatini qayd etdi.
U IT kadrlarini tayyorlash dasturlarining ahamiyatini ham ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, «Bir million o‘zbek dasturchisi» dasturiga ikki milliondan ortiq yosh jalb qilingan. «Bozorda IT mutaxassislarining yetarli miqdori bo‘lmasa, sohaning keyingi rivoji haqida gapirishning ma’nosi yo‘qligini o‘z vaqtida angladik», — dedi Ayupov.
ICTWeek Uzbekistan 2026 25 sentyabrgacha davom etadi.

Powered by Froala Editor