Fransiya Falastin davlatini tan oldi
Dunyo
Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Fransiya BMT Bosh Assambleyasining sentabrdagi sessiyasida Falastin davlatini rasman tan olishini e’lon qildi. Bu qaror Fransiyani “Katta yettilik” (G7) guruhidagi birinchi bunday davlatga aylantirdi.
Rasmiy bayonotda G‘azo sektorida urushni to‘xtatish, tinch aholiga gumanitar yordam ko‘rsatish, garovga olinganlarni ozod qilish va Falastin davlatini demilitarizatsiya qilish orqali mintaqaviy barqarorlikka erishish zarurligi ta’kidlangan. Fransiyaning Yaqin Sharqda adolatli va uzoq muddatli tinchlik tarafdori ekani ham eslatib o‘tildi.
Falastin rasmiylari bu qarorni olqishlab, uni xalqaro huquq va o‘z taqdirini o‘zi belgilash prinsiplariga hurmat deb baholadi. Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu esa Makronning bu qarorini “terrorizmni mukofotlovchi qadam” deb atadi. AQSh Davlat kotibi Marko Rubio esa uni “mas’uliyatsizlik” deb baholadi.
Hozirga qadar BMTga a’zo 140 dan ortiq davlat Falastin mustaqilligini tan olgan. Yevropa Ittifoqi doirasida bu qarorni avvalroq Ispaniya, Irlandiya va boshqa ayrim davlatlar ham e’lon qilgan.
BMT va xalqaro tashkilotlar ogohlantirishicha, G‘azoda bolalar orasida oziq-ovqat tanqisligi va ocharchilik kuchaymoqda.

Powered by Froala Editor