O‘zbekiston eksporti yetti oyda $17,1 mlrdga yetdi: beshta yangi bozor o‘zlashtirildi
Iqtisodiyot
2026-yil yanvar–iyul oylarida O‘zbekiston eksporti $17,1 mlrdga yetdi. Shu davrda mahalliy korxonalarni qo‘llab-quvvatlash kengaytirildi, O‘zbekiston mahsulotlari esa beshta yangi xorijiy bozorga olib chiqildi.
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, yetti oy davomida Savdoga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 1 141 ta tadbirkorlik subyekti qo‘llab-quvvatlandi. 113 ta korxonaga $136,5 mln miqdorida eksportoldi moliyalashtirish ajratilib, natijada $1,53 mlrdlik eksport yetkazib berishlari amalga oshirildi.
Eksport o‘sishiga asosan to‘qimachilik va meva-sabzavot mahsulotlari, zargarlik buyumlari, qurilish materiallari, oziq-ovqat hamda elektrotexnika mahsulotlari hissa qo‘shdi. Vazirlik ma’lumotida $17,1 mlrdlik eksport hajmi o‘tgan yilning mos davridagi ko‘rsatkichning 132 foizini tashkil etgani qayd etilgan.
Eksport geografiyasi ham kengaydi. O‘zbekiston mahsulotlari 120 ta davlatga yetkazib berildi. Shu bilan birga, Sudan, Zimbabve, Kambodja, Gonduras va Mavrikiy bozorlari ilk bor o‘zlashtirildi.
Eksport shtablari tadbirkorlarning murojaatlari bilan ishlashni ham davom ettirdi. Yanvar–iyul oylarida 3 044 ta murojaat ko‘rib chiqilib, ularning 2 547 tasi yoki 84 foizi ijobiy hal etildi.
Vazirlikning ma’lum qilishicha, keyingi bosqichda eksport geografiyasini kengaytirish, yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar eksportini oshirish va tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirishga e’tibor qaratiladi.

Powered by Froala Editor