Davlatimiz rahbariga jahon yetakchilaridan tabriklar kelmoqda

O'zbekiston

24-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 68 yoshni qarshi oldi. Ushbu sana munosabati bilan Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston rahbarlaridan samimiy tabriklar yo‘llandi.

Davlatimiz rahbariga jahon yetakchilaridan tabriklar kelmoqda
​Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin tabrigida Astana shahrida o‘tgan “Xitoy – Markaziy Osiyo” sammitida erishilgan natijalar va strategik sheriklikni rivojlantirishga qaratilgan muzokaralarni yuksak baholadi. U, shuningdek, Prezident Mirziyoyevning Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti va Xitoy xalqining fashizm ustidan g‘alabasiga bag‘ishlangan tadbirlarda ishtirokini mamnuniyat bilan tilga oldi.

Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev O‘zbekistonning izchil rivojlanishi va xalqaro maydondagi mavqeining mustahkamlanishini Prezident Mirziyoyevning dono rahbarligi bilan bog‘ladi. U ikki davlat o‘rtasidagi yaqin qo‘shnichilik va hamkorlik aloqalarini alohida qadrlashini bildirdi.

Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov esa O‘zbekistonning ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy sohalarda erishgan yutuqlari, ayniqsa yoshlar va ayollar uchun yaratilayotgan imkoniyatlarni yuqori baholadi. U ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni yanada mustahkamlashga intilishini bildirdi.

Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon esa Mirziyoyev rahbarligida O‘zbekistonning izchil taraqqiy etayotganini va mintaqaviy yetakchilikda faol rol o‘ynayotganini ta’kidladi. U Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasidagi strategik sheriklikni chuqurlashtirishga bo‘lgan tayyorligini ifoda etdi.

Ushbu tabriklar Prezident Mirziyoyevning xalqaro maydondagi obro‘-e’tibori, uning tashabbuslari va o‘zaro hurmatga asoslangan mintaqaviy hamkorlikdagi muhim o‘rnini yana bir bor tasdiqladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing