FIFA «Bunyodkor»ni Itsuki Urataga 328 ming dollardan ortiq to‘lashga majbur qildi
Sport
FIFA nizolarni hal qilish palatasi Toshkentning «Bunyodkor» klubini jamoaning sobiq himoyachisi Itsuki Urataga hisoblangan foizlar bilan birga 328 ming dollardan ortiq mablag‘ to‘lashga majbur qildi. Mehnat nizosi bo‘yicha yakuniy qaror 2026-yil 13-avgustda qabul qilingan.
FIFA hujjatiga ko‘ra, klub yaponiyalik futbolchiga to‘lanmagan ish haqi uchun 45 ming dollar va shartnomani bekor qilgani uchun 283 426 dollar kompensatsiya to‘lashi kerak. Ushbu summalarga 5 foizlik yillik foiz ham hisoblanadi.
Urata 2026-yil bahorida klubdagi moliyaviy muammolar sabab «Bunyodkor»ni tark etgan. Shundan so‘ng 29 yoshli himoyachi Xorvatiyaning «Slaven Belupo» klubi bilan bir yillik shartnoma imzolagan.
Futbolchi Toshkent jamoasidan ketganidan keyin FIFAning Nizolarni hal qilish palatasiga murojaat qilgan. Ish ko‘rib chiqilib, yakuniy qaror futbolchi foydasiga chiqarilgan.
«Bunyodkor» qaror e’lon qilinganidan keyin 45 kun ichida qarzdorlikni to‘liq qoplashi kerak. Aks holda klubga milliy va xalqaro darajada yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish taqiqlanadi.
Taqiq ketma-ket uchta transfer oynasi davomida amal qiladi. Agar shu muddatdan keyin ham qarzdorlik qoplanmasa, ish FIFA Intizom qo‘mitasiga yuborilishi mumkin.

Powered by Froala Editor