Mask Starlink va Starşield borasidagi bahsda Zelenskiyni yolğonçilikda aybladi
Dunyo
SpaceX asosçisi Ilon Mask Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyni Starşield sun’iy yöldoş tizimidagi uzilişlar haqidagi bayonotlari yuzasidan yolğonçilikda aybladi. The New York Times gazetasining DealBook sammitidagi suhbatda Mask Ukraina rahbari aslida Starşield haqida emas, balki tijoriy Starlink tarmoğidan hujumkor harbiy amaliyotlarda foydalaniş istagi haqida gapirayotganini bildirdi.
Jurnalist Endryu Ross Sorkinning Zelenskiy bayonotlariga oid savoliga javob berar ekan, Mask bu gaplarni «yolğon» deb atadi va Ukraina prezidenti «har doim ham haqiqatni aytmasligini» ta’kidladi. Tadbirkorning sözlariga köra, Starşield AQŞ hukumati nazoratida bölib, undan foydalaniş böyiça qarorlarni SpaceX emas, Amerika hukumati qabul qiladi.
Mask tijoriy Starlink tizimi fuqarolik infratuzilmasi sifatida yaratilgani va qurol sifatida qöllaş uçun möljallanmaganini aytdi. Uning ta’kidlaşiça, SpaceX mojaro boşlanganidan beri uşbu tizimdan Rossiyaga qarşi hujumkor amaliyotlarda foydalaniş haqidagi sörovlarni rad etib kelgan. «Tijoriy Starlink uruş tarafga aylanişini istamayman», dedi u.
Tadbirkor, şuningdek, mojaroni Ukraina faqat ijobiy, Rossiya esa faqat salbiy tomon sifatida körsatiladigan tarzda talqin qilişni tanqid qildi.
Bayonotlar Ukraina harbiylari foydalanayotgan sun’iy yöldoş aloqasiga tezlik çeklovlari qöyilgani haqidagi bahslar fonida yangradi. 12 noyabr kuni Zelenskiy Starşield’da uzilişlar yana kuzatilganini aytdi. Uning sözlariga köra, qurilmalar soatiga 161 kilometrdan tez harakatlanganda aloqa çeklangan. Kiyev bu holat Rossiya dronlarini tutib qolişni qiyinlaştirayotganini bildirgan. Oktabrda ham Ukraina tomoni şunday çeklovlar haqida xabar bergan, 24 oktabrda esa mamlakat Mudofaa vazirligi aloqa tiklanganini ma’lum qilgan.
15 noyabr kuni OAV ukrainalik diplomatga tayanib, SpaceX çeklovlarni texnik muammo bilan izohlagani haqida yozdi. Sammitda Maskning asosiy urğusi Starlink va Starşield örtasidagi farq hamda tijoriy tarmoqdan foydalaniş çegaralariga qaratildi. Bu masala hozirça bahsli bölib turibdi.

Powered by Froala Editor