AQSh 75 davlat fuqarolariga immigratsion vizalar berilishini to‘xtatish siyosatini bekor qildi
Dunyo
AQSh federal sudi 75 davlat, jumladan O‘zbekiston fuqarolariga immigratsion vizalar berilishini vaqtincha to‘xtatishni nazarda tutgan siyosatni bekor qildi. Sud qaroriga ko‘ra, AQSh Davlat departamenti siyosati Davlat kotibi Marko Rubioning vakolatlaridan oshib ketgan va federal immigratsiya qonunchiligiga zid bo‘lgan.
Qaror 21 avgust kuni AQShning Nyu-York janubiy okrugi federal sudyasi Jannett A. Vargas tomonidan chiqarildi. Sudya amaldagi siyosatni “yaqqol noqonuniy” deb baholab, immigratsion vizalarni arizachining fuqaroligiga qarab cheklash qonunchilik talablariga mos kelmasligini ta’kidladi.
Cheklov AQSh Davlat departamenti tomonidan 2026 yil yanvarida joriy etilgan edi. Departament bu qarorni mazkur davlatlar fuqarolarining AQShdagi davlat ijtimoiy resurslariga qaram bo‘lib qolish xavfi yuqoriligi bilan izohlagan. Siyosat Lotin Amerikasi, Bolqon, Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyo, Afrika, Yaqin Sharq hamda Karib havzasidagi davlatlarga taalluqli bo‘lgan. Ro‘yxatda Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston, shuningdek Rossiya, Belarus, Gruziya, Armaniston va Ozarbayjon ham bor edi.
Da’voni immigrantlar huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlar, immigratsion vizaga ariza bergan shaxslar hamda AQSh fuqarolari, jumladan qarindoshlarining ko‘chib kelishini homiylik qilgan shaxslar kiritgan. Sud immigratsion vizalarni fuqarolikka qarab avtomatik ravishda cheklash individual ko‘rib chiqish tartibiga zid degan xulosaga keldi.
AQSh Davlat departamenti qaror yuzasidan hozircha izoh bermadi. Ma’muriyat sud qarori ustidan shikoyat qilishi mumkin.

Powered by Froala Editor