O‘zbekistonning AQSh Tinch okeani shimoli-g‘arbiy hududidagi ilk konsulxonasi Sietlda rasman ochildi
O'zbekiston
4-sentabr kuni Sietl shahrida O‘zbekiston Respublikasining AQShning Vashington shtatidagi Bosh konsulxonasi rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Yangi vakolatxona O‘zbekistonning AQSh Tinch okeani shimoli-g‘arbiy hududidagi ilk konsullik muassasasi bo‘lib, ikki tomonlama aloqalarni yanada rivojlantirish uchun yangi maydon yaratdi.
Tadbirda davlat va mahalliy hokimiyat organlari, biznes, akademik, madaniy va diplomatik doiralar, shuningdek, Markaziy Osiyo mamlakatlari diasporalarining 200 dan ortiq vakillari qatnashdi. AQSh tomonidan Vashington shtati Davlat kotibi Stiv Xobbs ishtirok etdi. Microsoft, Amazon, Boeing, Meta, Google va Oracle kompaniyalari vakillari ham tadbirga tashrif buyurdi.
Marosim ramziy lenta kesishdan boshlandi. Shundan so‘ng konsullik binosi uzra O‘zbekiston Davlat bayrog‘i ko‘tarildi. Davlat madhiyasini taniqli xonanda Jenisbek Piyazov va «Xalqlar do‘stligi» musiqiy ansambli ijro etdi.
Tadbirda konsullikning ochilishi O‘zbekistonning AQSh G‘arbiy sohilidagi doimiy diplomatik ishtirokini mustahkamlashi va ikki davlat o‘rtasidagi strategik sheriklikning yangi bosqichini ifodalashi ta’kidlandi. Mehmonlarga O‘zbekistondagi iqtisodiyotni liberallashtirish, xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash, raqamlashtirish, ta’lim va innovatsiyalarni rivojlantirish hamda xorijiy investorlar uchun ochiq va prognoz qilinadigan muhit yaratishga qaratilgan islohotlar haqida ma’lumot berildi.
Vashington shtati gubernatori Bob Fergyuson videomurojaatida yangi vakolatxonani nafaqat ushbu shtatda, balki AQShning butun G‘arbiy sohilida O‘zbekistonning birinchi konsullik muassasasi deb atadi. Uning qayd etishicha, konsullik savdo va investitsiyalar, texnologiyalar, innovatsiyalar, ta’lim, ilmiy tadqiqotlar, madaniyat va turizm sohalarida yangi hamkorlik imkoniyatlarini yaratadi.
Stiv Xobbs shtat ma’muriyati tizimli hamkorlikka, jumladan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri biznes aloqalarini yo‘lga qo‘yish, o‘zaro savdo va biznes missiyalarini tashkil etish hamda qo‘shma loyihalarni ilgari surishga tayyor ekanini bildirdi.
Bosh konsulxona mart oyida o‘z faoliyatini boshlagan. Unga ilgari O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi lavozimida ishlagan diplomat Ahror Burxanov rahbarlik qilmoqda. O‘zbekistonning AQShdagi elchisi Furqat Sidiqov konsullik ochilishini ikki davlat hamkorligini mustahkamlash uchun yangi platforma deb atadi. «Sietl — texnologiyalar, innovatsiyalar va sanoatda jahon yetakchisi. Bu kelgusidagi hamkorligimiz uchun ideal joy», — dedi u.
Eslatib o‘tamiz, Bosh konsulxona Vashington, Oregon, Aydaho va Montana shtatlaridagi O‘zbekiston fuqarolariga konsullik xizmatlarini ko‘rsatadi, ularning huquq va manfaatlarini himoya qiladi, diaspora bilan aloqalarni mustahkamlaydi hamda savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, texnologik, ta’lim, madaniyat va turizm sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashadi. Rasmiy O‘zbekiston manbalari konsulxona Tinch okeani shimoli-g‘arbiy mintaqasidagi mamlakatning birinchi konsullik muassasasi ekanini tasdiqlaydi.

Powered by Froala Editor