O‘zbekiston merganlari Janubiy Koreyadagi xalqaro musobaqada ikkinchi yil ketma-ket g‘olib bo‘ldi
O'zbekiston
O‘zbekiston Mudofaa vazirligi terma jamoasi Janubiy Koreyada o‘tkazilgan III Xalqaro merganlar musobaqasida xorijiy jamoalar orasida birinchi o‘rinni egalladi. O‘zbekiston vakillari 678,4 ball to‘plab, Vyetnam va Turkiya jamoalarini ortda qoldirdi.
Musobaqa 3–10 sentyabr kunlari Kyonggido provinsiyasining Kvangju shahrida Janubiy Koreya armiyasining Maxsus operatsiyalar kuchlari qo‘mondonligi tomonidan tashkil etildi. Unda sakkiz davlatdan 28 ta jamoa qatnashdi: Janubiy Koreyadan 15 ta, O‘zbekistondan uchta, Vyetnamdan uchta, BAA va Mo‘g‘ulistondan ikkitadan, shuningdek, Turkiya, Kambodja va Qozog‘istondan bittadan jamoa. Xorijiy jamoalar orasida O‘zbekiston 678,4 ball bilan birinchi, Vyetnam 666,6 ball bilan ikkinchi, Turkiya esa 471,1 ball bilan uchinchi bo‘ldi.
Musobaqa dasturi kunduzgi va tungi sharoitda o‘tkazilgan 20 ta taktik o‘q otish bosqichidan iborat bo‘ldi. Ishtirokchilar to‘pponcha, avtomat va merganlik qurollaridan foydalanib, shahar, tog‘ va o‘rmon sharoitida turli masofalardagi nishonlarni aniq urishi kerak edi. Bu yilgi barcha mashqlar yangi bo‘lib, ularning shartlari va qoidalari har bir bosqich boshlanishidan oldin ma’lum qilingan.
Nishonlarning qariyb 40 foizini harakatlanuvchi va havodagi, jumladan, dronlar ko‘rinishidagi nishonlar tashkil etdi. Musobaqada nafaqat o‘q otish aniqligi, balki ishtirokchilarning diqqatni jamlash qobiliyati va yuqori yuklama ostidagi chidamliligi ham sinovdan o‘tkazildi.
O‘zbekiston jamoasi uchun bu ketma-ket ikkinchi chempionlik bo‘ldi: 2024 yilda ikkinchi o‘rin, 2025 va 2026 yillarda esa birinchi o‘rin qo‘lga kiritildi.

Powered by Froala Editor