30 mingdan ortiq tomoshabin: Dushanbeda yangi Milliy stadion ochildi

Dunyo

21 avgust kuni Tojikistonda 30 mingdan ortiq tomoshabinga mo‘ljallangan yangi Milliy stadion ochildi. Ochilish marosimida Prezident Emomali Rahmon hamda Milliy Majlis raisi, Dushanbe shahri meri Rustami Emomali ishtirok etdi.

30 mingdan ortiq tomoshabin: Dushanbeda yangi Milliy stadion ochildi
Sport majmuasi 9,5 gektar maydonni egallaydi va FIFA xalqaro standartlari asosida qurilgan. Stadion ikkinchi xalqaro toifaga kiradi, bu yerda xalqaro musobaqalar va yuqori darajadagi futbol uchrashuvlarini o‘tkazish imkonini beradi.

Futbol maydoni 105×68 metr. Stadionda har biri 133 kv. metr bo‘lgan ikkita LED-ekran, 312 ta Philips projektori, 50 ta videokuzatuv kamerasi va zamonaviy ovoz tizimi o‘rnatilgan.

Sportchilar uchun jami 104 o‘rinli to‘rtta kiyinish xonasi mavjud. Mehmonlar uchun VVIP, VIP va CIP zallari tashkil etilgan bo‘lib, ularning umumiy sig‘imi 750 nafardan ortiq. Avtoturargoh 750 dan ortiq avtomobilga mo‘ljallangan.

Stadion fasadida 30 ming kv. metrdan ortiq maydonni egallagan media-proyeksiya tizimi ham mavjud. U turli grafik va vizual dasturlarni namoyish etish imkonini beradi.

Stadion Tojikiston Davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlab qurilgan. Emomali Rahmon uning ochilishini «Tojikiston xalqiga munosib sovg‘a» deb atadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing