Peskov: Putin va Zelenskiy uchrashuvi faqat muayyan shartlar asosida mumkin
Dunyo
Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralar aniq va konstruktiv bo‘lishi kerak, shundagina davlat rahbarlari darajasidagi uchrashuv haqida gapirish mumkin. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov 23-iyul kuni Istanbulda o‘tgan uchinchi raund muzokaralari yuzasidan izoh berar ekan, ta’kidladi.
Peskovga ko‘ra, Kreml bu bosqichdan muhim natijalar kutmagan, biroq gumanitar masalalarning muhokama qilinishi va Rossiyaning onlayn ishchi guruhlar tuzish taklifi ijobiy baholanmoqda. Uning aytishicha, Rossiya tomoni aniq kun tartibini taklif qilgan, endi esa bu masalalarda amaliy ish olib borish muhim.
“Prezidentlar uchrashuvi haqida gapirish faqatgina mazmunli tayyorgarlikdan so‘ng mumkin”, — dedi Peskov. Avgust oxirigacha bunday uchrashuv bo‘lish ehtimoli haqida savolga javoban, u bu masofani “sakrab o‘tish” qiyinligini ta’kidladi.

Powered by Froala Editor