"Cenomi Group" O'zbekiston bozoriga kirishini e'lon qildi

Biznes

Chakana savdo bozori yetakchilaridan biri, shuningdek, 25 dan ortiq taniqli jahon brendlari vakili bo‘lgan Saudiyaning "Cenomi" guruhi O‘zbekiston bozoriga kirishini e’lon qildi. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

"Cenomi Group" O'zbekiston bozoriga kirishini e'lon qildi
"Cenomi" guruhi "Zara", "Zara Home", "Massimo Dutti", "Bershka", "Pull & Bear", "Oysho" va "Stradivarius" kabi global brendlarni taqdim etadi. Bundan tashqari, "Cenomi" guruhining "Cenomi Retail" bo'linmasi "Subway" tez ovqatlanish tarmog'i va "Cinnabon" xalqaro tarmog'ining franchayzilaridan biridir.

Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida imzolangan kelishuv O‘zbekistonda chakana savdo tarmog‘i rivojiga yangi sur’at bag‘ishlashi va biznesni yanada rivojlantirish yo‘lida salmoqli qadam bo‘lib xizmat qilishi kutilmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing