61 medal: O‘zbekiston Markaziy Osiyo chempionatining umumjamoa hisobida yetakchilik qildi
Sport
O‘zbekiston yengil atletika terma jamoasi III Markaziy Osiyo ochiq chempionatida 61 medal jamg‘arib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi. Musobaqalar 23–25 avgust kunlari bo‘lib o‘tdi va unda to‘qqiz mamlakatdan qariyb 300 nafar sportchi qatnashdi.
O‘zbekistonlik yengil atletikachilar 22 ta oltin, 20 ta kumush va 19 ta bronza medalni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida peshqadam bo‘ldi.
Musobaqa ishtirokchilar uchun muhim reyting ochkolarini qo‘lga kiritish imkonini ham berdi. Ushbu ochkolar 2027 yilda Pekinda bo‘lib o‘tadigan yengil atletika bo‘yicha jahon chempionatiga saralash jarayonida hisobga olinadi.
Turnir davomida O‘zbekiston terma jamoasi murabbiylar shtabi sportchilarning Aichi–Nagoya 2026 yozgi Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik darajasini ham baholadi.
III Markaziy Osiyo ochiq chempionatida to‘qqiz mamlakat vakillari ishtirok etdi. Musobaqalar yakunida O‘zbekiston terma jamoasi medallar soni bo‘yicha eng yuqori natijani qayd etib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.

Powered by Froala Editor