70 trln so‘m harakatda: O‘zbekistonda transport xizmatlari hajmi oshdi

O'zbekiston

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-may oylarida O‘zbekistonda ko‘rsatilgan transport xizmatlari hajmi 70,7 trillion so‘mni tashkil etdi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 14 foizga ko‘pdir. Raqamlar mamlakat miqyosida logistika faolligi va transport yechimlariga bo‘lgan talabning tobora ortib borayotganini tasdiqlaydi.

70 trln so‘m harakatda: O‘zbekistonda transport xizmatlari hajmi oshdi
Transport xizmatlarining eng katta ulushi Toshkent shahriga to‘g‘ri kelib, hisobot davrida 15,5 trln so‘mlik xizmatlar ko‘rsatilgan. Bu mamlakat bo‘yicha umumiy hajmning qariyb chorak qismini tashkil etadi. Shuningdek, quyidagi hududlarda yuqori ko‘rsatkichlar qayd etildi:

Samarqand viloyati - 4,8 trln so‘m
Toshkent viloyati - 4,8 trln so‘m
Farg‘ona viloyati - 3,8 trln so‘m
Andijon viloyati - 3 trln so‘m

Ushbu hududlarda transport sohasining o‘sishi logistika infratuzilmasining faol rivojlanishi, investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi va ichki savdoning jonlanishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing