9 ming o‘quvchi jahon standartlari asosida sinovdan o‘tkaziladi
O'zbekiston
Bugun O‘zbekiston ikkinchi marta nufuzli PISA (Programme for International Student Assessment) xalqaro tadqiqotida ishtirok etmoqda, uning doirasida mamlakatimizdagi 233 ta maktabning qariyb 9 ming nafar 15 yoshli o‘quvchilari matematika, tabiiy fanlar va o‘qish savodxonligi bo‘yicha baholanadi.
Joriy yilda mamlakatimizdagi 233 ta umumta’lim muassasasidan 15 yoshli 9 mingga yaqin maktab o‘quvchisi test sinovlariga jalb etildi.
Imtihonga tayyorgarlik ko‘rish doirasida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan test administratorlari uchun maxsus treninglar tashkil etildi. Trening kompyuter va texnik infratuzilmani sozlash, IT-mutaxassislar bilan muvofiqlashtirish va test jarayonini tashkil etish masalalarini o‘z ichiga oldi.
Ma’lumot uchun: 2022-yilda O‘zbekiston ilk bor PISA tadqiqotida ishtirok etib, 81 ta ishtirokchi davlat orasida matematika bo‘yicha 72-o‘rinni, shuningdek, tabiiy fanlar va o‘qish bo‘yicha 80-o‘rinni egalladi.
Tadqiqotda ishtirok etish mamlakatda maktab ta’limi sifatini xalqaro miqyosda baholash va uni yaxshilash yo‘nalishlarini aniqlash imkonini beradi.

Powered by Froala Editor