Abbosbek Fayzullayev dunyoning eng yaxshi yosh futbolchisi boʻlishi mumkin

Sport

Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) “Eng yaxshi yosh futbolchi” sovrini uchun nomzodlarni e’lon qildi. Undan Rossiyaning “SSKA” klubining o‘zbekistonlik futbolchisi Abbosbek Fayzullayev ham joy oldi.

Abbosbek Fayzullayev dunyoning eng yaxshi yosh futbolchisi boʻlishi mumkin
Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Abbosbek Fayzullayev dunyoning eng yaxshi yosh futbolchisi bo‘lishi mumkin.

Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) “Eng yaxshi yosh futbolchi” sovrini uchun nomzodlarni e’lon qildi.

Mukofot 2003-yilning 1-yanvaridan keyin tug‘ilgan futbolchiga beriladi.

Nomzodlar orasida Abbosbek Fayzullayev (SSKA Moskva) ham bor. Mazkur mukofotga Jud Bellinghem (Real Madrid), Jamal Musiala (Bavariya), Gavi (Barselona) ham da’vogar.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing