Saida Mirziyoyeva: Yangi qurilishlar Toshkentni yuklamasdan, balki rivojlantirishi kerak
O'zbekiston
O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva yirik me’morchilik loyihalari tashabbuskorlari, mustaqil mutassislar, urbanistlar hamda yetakchi sohaviy studiyalar va oily ta’lim muassasalari vakillari bilan amaliy uchrashuv o‘tkazdi. Muhokamaning asosiy mavzusi zamonaviy shaharsozlik va ekologik muammolarni inobatga olgan holda poytaxtni rivojlantirish masalalari bo‘ldi. Muloqot ishtirokchilari shahar muhandislik kommunikatsiyalari va ijtimoiy infratuzilmasiga tushayotgan yuklamani kamaytirish bo‘yicha majmuaviy yechimlarni ko‘rib chiqdilar.
Toshkentning jadal o‘sishi qurilish tashabbuslarini rejalashtirish va amalga oshirishga bo‘lgan yondashuvlarni qayta ko‘rib chiqishni taqozo etmoqda. Qurilish ko‘lamining ortishi va aholi sonining ko‘payishi energiya hamda suv ta’minoti tizimlariga, shuningdek, ijtimoiy obyektlarga tushadigan yuklamani oshirmoqda. Shu munosabat bilan Prezident Administratsiyasi rahbariyati har bir yangi loyihani amaliyotga joriy etishdan oldin uni tizimli tahlil qilish zarurligini ta’kidladi.
«Toshkent jadal o‘smoqda va biz mavjud shaharsozlik hamda ekologik chorlovlarni hisobga olgan holda uning kelajagi qanday bo‘lishi haqida tobora ko‘proq o‘ylamoqdamiz», — deb ta’kidladi Saida Mirziyoyeva. U mutaxassislarning birgalikdagi faoliyati poytaxt oldida turgan dolzarb masalalarga samarali javob topish imkonini berishini qayd etdi.
Uchrashuvda shahar muhitini rivojlantirishda xususiy sektorning o‘rniga alohida e’tibor qaratildi. Hokimiyat vakillari loyihalari poytaxtning me’moriy qiyofasini, ekologiyasini va xavfsizligini yaxshilashga qaratilgan tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar. Mas’uliyatli biznesni qo‘llab-quvvatlash davlat rahbarining topshiriqlariga mos ravishda Yangi O‘zbekiston davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida belgilangan.
«Birgalikda biz ko‘plab vazifalarni — muhandislik kommunikatsiyalari va ijtimoiy obyektlarga tushadigan yuklamadan tortib, energiya va suv ta’minoti masalalarigacha hal etishimiz kerak. Yangi qurilishlar shaharni rivojlantirishi kerak, qo‘shimcha nomutanosiblik yaratishi va uning tizimlarini ortiqcha yuklashi kerak emas», — deya qo‘shimcha qildi Prezident Administratsiyasi rahbari.
O‘tkazilgan uchrashuv yakunlari davlat organlari, ekspertlar hamjamiyati va biznes tuzilmalarining keyingi hamkorligi uchun zamin yaratdi. Toshkent aholisi va mehmonlari manfaatlariga javob beradigan loyihalarni tizimli qo‘llab-quvvatlash poytaxtni barqaror rivojlantirishning yagona strategiyasi doirasida davom ettiriladi.

Powered by Froala Editor