O‘zbekiston – Koreya sherikligini mustahkamlashga qaratilgan salmoqli hujjatlar to‘plami qabul qilindi

Iqtisodiyot

Seul shahrida o‘tkazilgan oliy darajadagi muzokaralar yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Koreya Respublikasi Prezidenti Li Chje Myon huzurida ikki tomonlama hujjatlarni almashish marosimi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston – Koreya sherikligini mustahkamlashga qaratilgan salmoqli hujjatlar to‘plami qabul qilindi
To‘plamdan savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, gumanitar va boshqa sohalardagi sheriklikni yanada rivojlantirish va mustahkamlashga qaratilgan shartnoma va bitimlar o‘rin oldi.

Bular – transport, aviatsiya, qishloq xo‘jaligi, turizm, sun’iy intellekt, texnik ko‘mak, oliy, maktab va maktabgacha ta’lim, tibbiy mahsulotlarni tartibga solish, atrof-muhitni muhofaza qilish, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish, intellektual mulkni himoya qilish, arxiv ishi va boshqa sohalardagi hamkorlikka oid hujjatlar.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing