Abduqodir Husanov JCH–2026ning eng tezkor futbolchilari qatoridan joy oldi

Sport

O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov 2026-yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionatining eng tezkor futbolchilari o‘ntaligidan joy oldi. Turnir yakunlariga ko‘ra, u maksimal tezlik bo‘yicha oltinchi natijani qayd etib, jahon miqyosida o‘zining yuqori jismoniy salohiyatini namoyish etdi.

Abduqodir Husanov JCH–2026ning eng tezkor futbolchilari qatoridan joy oldi
E’lon qilingan statistikaga ko‘ra, Abduqodir Husanov 36,46 km/soat tezlikka erishdi va bu natija unga jahon chempionatining barcha ishtirokchilari orasida oltinchi o‘rinni taqdim etdi.

Reytingda Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe 37,61 km/soat natija bilan birinchi o‘rinni egalladi. Ikkinchi pog‘onadan shvetsiyalik vinger Entoni Elanga (37,16 km/soat), uchinchi o‘rindan esa Niderlandiya himoyachisi Mikki van de Ven (36,77 km/soat) joy oldi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing