Eurasia Growth Hub Londonda Özbekiston va Qozoğiston startaplari uçun oçildi
Texnologiya
Londonda Qozoğistonning Astana Hub markazi va IT Park Uzbekistan hamkorligida Eurasia Growth Hub oçildi. Platforma esa texnologik kompaniyalariga Buyuk Britaniya va Yevropa bozorlariga çiqiş, xorijiy buyurtmaçilar va investorlarni topişda kömaklaşadi.
20-noyabr kuni Digital Eurasia tadbiri doirasida oçiliş marosimi bölib ötdi. Qozoğistonning Buyuk Britaniyadagi elçisi Alibek Bakayev raqamlaştiriş va sun’iy intellekt Ostona ustuvor yönalişlari ekanini, London bilan fan, texnologiyalar va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni kengaytiriş imkoniyatlari mavjudligini ta’kidladi.
Bakayev ma’lumotiga köra, Astana Hub 2 700 ga yaqin kompaniyani birlaştiradi, iştirokçilarining IT-xizmatlari eksporti 2019-yildan buyon 2,4 milliard dollarga yetgan. Özbekiston tadbirda IT Park Uzbekistan boş direktori Azamat Karamatov boşçiligidagi delegatsiya bilan qatnaşdi. Delegatsiya startap ekotizimini taniştirib, Britaniya biznesi bilan aloqalarni yo‘lga qo‘ydi.
Digital Eurasia’da Qozoğiston va Özbekistondan beştadan — önta startap namoyiş etdi. Qozoğiston jamoasiga Paidax, BrainPatch, DNA Payments, BeHype va TaiSan kirdi. Yo‘nalishlar — finteç, neyrotexnologiya, raqamli marketing va energetika. Özbekiston loyihalari ham yeçimlarini britaniyalik investorlar va texnologik kompaniyalarga taqdim etdi.
Hub investorlar va xorijiy buyurtmaçilarni izlaş, uçraşuvlar taşkil etiş, kompaniyalarning Britaniya bozoriga kirişini qöllab-quvvatlaş va pilot loyihalarni boşlaşga kömaklaşadi. Eurasia Growth Hub rahbari etib Muzaffar Karabayev tayinlandi. Oçilişgaça taşkilotçilarga 50 dan ortiq ariza kelib tuşgan. Mintaqadan 8–15 ta istiqbolli loyihani tanlaş va har biriga 50 ming dollargaça mablağ ajratiş imkoniyatini körib çiqiş rejalaştirilgan.
Hub 2-oktabr kuni Ostonada ötgan AI & Digital Bridge 2026 forumidagi kelişuvlarning davomi böldi. Astana Hub, IT Park Uzbekistan va Eurasia Growth Hub rahbarlari esa Mağjan Madiyev, Azamat Karamatov hamda Muzaffar Karabayev startaplarni ilgari suriş, investitsiya jalb qiliş va texnologik hamkorlikni rivojlantiriş uçun kuçlarni birlaştirişga kelişgan edi.

Powered by Froala Editor