Akbar Jo‘rayev Jahon chempionatida 3 ta oltin medal va 2 ta jahon rekordini qo‘lga kiritdi
Sport
Norvegiyada o‘tayotgan og‘ir atletika bo‘yicha Jahon chempionatida O‘zbekiston vakili Akbar Jo‘rayev tarixiy natijaga erishdi — u 3 ta oltin medalni qo‘lga kiritib, 2 ta jahon rekordini yangiladi.
110 kg vazn toifasida ishtirok etgan Jo‘rayev dast ko‘tarishda 196 kg (jahon rekordi), siltab ko‘tarishda 232 kg va ikki kurash yakuniga ko‘ra 428 kg (jahon rekordi) natija qayd etdi.
Ushbu natija unga mutlaq chempionlikni taqdim etdi va o‘zbekistonlik sportchilar orasida tarixiy yutuqlardan biriga aylandi.
Yana bir hamyurtimiz Ruslan Nurudinov esa dast ko‘tarishda 186 kg, siltab ko‘tarishda 228 kg, umumiy hisobda 414 kg natija bilan ikki bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Powered by Froala Editor