Alexander Zverev US Open tarixida ilk bor chempion bo‘ldi
Sport
Alexander Zverev faoliyatida ilk bor US Open turnirida g‘alaba qozondi. Germaniyalik tennischi erkaklar o‘rtasidagi finalda amerikalik Ben Sheltonni 6:3, 7:6 (7:2), 5:7, 6:2 hisobida mag‘lub etdi.
Turnirda birinchi raqamli tennischi sifatida qatnashgan Zverev uchun bu 2026-yildagi ikkinchi Grand Slam tituli bo‘ldi. U iyun oyida Roland Garros finalida italiyalik Flavio Cobollini mag‘lub etib, faoliyatidagi ilk “Katta dubulg‘a” chempionligini qo‘lga kiritgan edi.
Nyu-Yorkdagi final Zverevning Grand Slam turnirlaridagi faoliyatidagi oltinchi finali bo‘ldi. Ulardan uchtasi 2026-yil mavsumiga to‘g‘ri keladi. Roland Garrosdagi g‘alaba va US Open chempionligidan tashqari, germaniyalik tennischi mavsumdagi yana bir “Katta dubulg‘a” turnirida ham finalgacha yetib bordi. US Open rasmiy sayti Zverev Nyu-Yorkdagi musobaqada ilk bor birinchi raqamli tennischi sifatida qatnashganini qayd etdi.
Mavsumdagi qolgan yagona Grand Slam — Australian Open’da Zverev finalga chiqa olmadi. U yarim finalda keyinchalik turnir g‘olibiga aylangan ispaniyalik Carlos Alcarazga imkoniyatni boy berdi.
Ben Shelton uchun esa US Open finali Grand Slam turnirlaridagi faoliyatidagi ilk final bo‘ldi. Sakkizinchi raqam ostida qatnashgan amerikalik tennischi AQSh erkaklar tennisiga 2003-yildan beri kelmayotgan US Open chempionligini qaytarish uchun kurashdi.
US Open 2026-yilgi Grand Slam mavsumining so‘nggi turniri bo‘ldi. Musobaqaning umumiy mukofot jamg‘armasi tennis tarixidagi rekord darajaga — $108 mln ga yetdi. Erkaklar va ayollar yakkalik bahslari g‘oliblari esa 5,5 mln dollardan mukofot oldi.

Powered by Froala Editor