Aliyev nima uchun Ozarbayjon hali ham JSTga a’zo emasligini oshkor qildi
Dunyo
Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev protektsionizm va ikkiyoqlama standartlar mamlakatning Jahon savdo tashkilotiga (JST) aʼzo boʻlmasligining asosiy sabablari ekanini aytdi.
Xitoyning CGTN telekanaliga bergan intervyusida Aliyev Ozarbayjonning JSTga qoʻshilish jarayoni koʻp yillik muzokaralarga qaramay jiddiy toʻsiqlarga duch kelayotganini qayd etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, amaldagi tariflar, himoya choralari va ikki tomonlama standartlar erkin savdo tamoyillariga zid bo‘lib, mamlakatning tashkilotga kirishiga to‘sqinlik qiladi.
Prezident, shuningdek, Ozarbayjon iqtisodiyoti o‘zini o‘zi ta’minlay olishini va adolatli shartlar asosida JSTga a’zo bo‘lishga tayyorligini ta’kidladi. Uning fikricha, Boku talablari inobatga olinsa, integratsiya jarayoni tezlashishi mumkin.

Powered by Froala Editor