Aloqasiz Moskva: poytaxtni 9-mayga qadar keng ko‘lamli «raqamli blokada» kutmoqda
Dunyo
Rossiya poytaxti aholisi va mehmonlari misli ko‘rilmagan aloqa uzilishlari haqida ogohlantirilmoqda. 9-may arafasida Moskva axborot vakuumiga g‘arq bo‘lishi mumkin: cheklovlar nafaqat mobil internetga, balki qo‘ng‘iroqlar, SMS va hatto yopiq hukumat resurslariga ham daxl qiladi hamda MKAD chegaralarigacha kengayadi.
Moskva parad repetitsiyalari va tadbir o‘tkaziladigan kunlar — 5, 7 va 9-may kunlari mobil aloqaning qattiq cheklanishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Operatorlar va «Rostelekom»ga yaqin manbalarning xabar berishicha, blokirovkalar mart oyidagi uzilishlardan ko‘ra «kuchliroq» bo‘ladi. Nafaqat markazda, balki MKAD doirasida ham uyali aloqa va SMS xizmatlarining to‘liq o‘chirilishi kutilmoqda. Hatto «oq ro‘yxatlar» — odatda blokirovka paytida ochiq bo‘ladigan resurslar ham cheklovga tushishi mumkin.
Ushbu choralar kuchaytirilgan terrorchilik xavfi bilan bog‘lanmoqda. Qizil maydondagi paradning o‘zi ham o‘zgarishlarga yuz tutadi: so‘nggi 19 yil ichida ilk bor u harbiy texnika kolonnasiz va «qisqartirilgan formatda» o‘tadi. Rasmiylar buni xavfsizlik nuqtai nazari va sana yubiley emasligi bilan izohlamoqda, bu esa amalda bayram tadbirlari vaqtida poytaxtni maksimal raqamli izolyatsiya rejimiga o‘tkazishni anglatadi.

Powered by Froala Editor