Amarillo Inoyatov yangi lavozimga tayinlandi

O'zbekiston

Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli buyrug‘i bilan Inoyatov Amrillo Shodiyevich Salomatlik va strategik rivojlanish instituti direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Amarillo Inoyatov yangi lavozimga tayinlandi
4-yanvar kuni u Sog‘liqni saqlash vaziri lavozimidan ozod qilingandi. Inoyatov bu lavozimga 2022-yilning dekabr oyida kelgandi.

Amarillo Inoyatov 1979-yilda tug‘ilgan. 2001-yil Buxoro davlat tibbiyot institutini, 2005-yilda Toshkent tibbiyot akademiyasida "Bolalar yuz-jag‘ jarrohligi" mutaxassisligi bo‘yicha aspiranturani tamomlagan.

Tibbiyot fanlari doktori, professor Amrillo Inoyatov 2020-yil iyulida O‘zbekiston prezidentining yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing