Amir Temur xiyoboni rekonstruksiyaga yopildi

O'zbekiston

Toshkent markazidagi Amir Temur xiyoboni vaqtincha yopildi — bu yerda keng ko‘lamli rekonstruksiya ishlari boshlandi. Loyiha zamonaviy va qulay jamoat makonini yaratishni nazarda tutadi.

Amir Temur xiyoboni rekonstruksiyaga yopildi
Toshkent markazida joylashgan Amir Temur xiyobonida obodonlashtirish ishlari faol bosqichga o‘tdi. Loyiha shaharda zamonaviy va qulay muhit yaratishga qaratilgan.

Hokimiyat ma’lumotiga ko‘ra, piyodalar yo‘laklari qoplamasi yangilanmoqda, ayrim hududlarda esa to‘liq almashtirilmoqda. Shu bilan birga, muhandislik kommunikatsiyalari va sug‘orish tizimi modernizatsiya qilinmoqda.

Yashil hududlarni saqlashga alohida e’tibor qaratilgan. Barcha ishlar mavjud daraxtlarga zarar yetkazmasdan amalga oshirilmoqda. Bundan tashqari, yangi ko‘chatlar va butalar ekish, yashil maydonlarni kengaytirish rejalashtirilgan.

Rekonstruksiya davrida xiyobonning ichki qismi vaqtincha yopilgan. Shu bilan birga, atrofdagi yo‘llarda transport harakati odatdagi tartibda davom etmoqda.

Shuningdek, xiyobonga olib boruvchi ayrim metro chiqishlari ham vaqtincha yopilgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing