O‘zbekistonlik 14 yoshli iqtidor sohibi Londonning “Chelsi” klubi futbolchisiga aylandi

Sport

O‘zbekiston futbol olami tarixiy voqeani nishonlamoqda: mamlakatimiz futbol maktabi tarbiyalanuvchisi ilk bor Angliyaning eng nufuzli klublaridan birining akademiyasiga taklif oldi. 14 yoshli Zufarxo‘ja Akramxo‘jayev rasman Londonning “Chelsi” klubi a’zosiga aylanadi.

O‘zbekistonlik 14 yoshli iqtidor sohibi Londonning “Chelsi” klubi futbolchisiga aylandi
2010-yilda Andijonda tug‘ilgan yosh vinger Angliyada o‘tkazilgan bir necha ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tdi. Uning iqtidori va texnikasi “aristokratlar” skautlarida katta taassurot qoldirdi va natijada unga ikki yillik shartnoma taklif qilindi. Ushbu muhim o‘tishga qadar Akramxo‘jayev “Andijan-SGC” jamoasida to‘p surib, o‘z tengqurlari orasida eng istiqbolli hujumkor o‘yinchilardan biri sifatida o‘zini ko‘rsatgan edi.

Hozirda tomonlar zarur hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonini yakunlamoqdalar. Zufarxo‘ja joriy yilning sentyabr oyidan boshlab “Chelsi”ning U-15 jamoasi safiga rasman qo‘shilishi kutilmoqda. Andijonlik iste’dod egasining Londonga yo‘l olishi o‘zbek futboli tarbiyalanuvchilarining Yevropaning yetakchi chempionatlariga chiqishida yangi sahifa ochadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing