Migrantlarni qaytarishdan mehnat eksportigacha: Artikxodjayev takliflarini Mirziyoyev qo‘llab-quvvatladi
O'zbekiston
Tadbirkor Jahongir Artikxodjayev xorijda bo‘lib turgan 10 ming nafar O‘zbekiston fuqarosini mamlakatga qaytarish va ish bilan ta’minlash uchun platforma yaratishni taklif qildi. AKFA Holding ularni ishga qabul qilishga tayyorligini bildirdi, Prezident Shavkat Mirziyoyev esa O‘zbekiston elchixonalari ishtirokida tegishli mexanizm ishlab chiqishni topshirdi.
18 avgust kuni tadbirkorlar bilan uchrashuvda so‘zga chiqqan Artikxodjayev tashabbusni Tataristonda yaqinda yuz bergan fojia bilan bog‘ladi. Ushbu voqeada O‘zbekistonning sakkiz nafar fuqarosi halok bo‘lganini ta’kidlagan tadbirkor AKFA Holding Rossiyadan qaytishni istayotganlar qatorida xorijda bo‘lib turgan 10 ming nafar vatandoshni ish bilan ta’minlashga tayyorligini ma’lum qildi.
U qaytishni istagan fuqarolar uchun alohida call-markaz tashkil etishni taklif qildi hamda boshqa tadbirkorlarni ham tashabbusga qo‘shilishga chaqirdi. Artikxodjayev mamlakatda qariyb 600 ming tadbirkor borligini qayd etdi. Uning hisob-kitobiga ko‘ra, agar ularning har biri kamida ikki nafar vatandoshni ishga olsa, bir milliondan ortiq kishini ish bilan ta’minlash mumkin.
Tadbirkor xorijda o‘zbekistonliklar uchun ish imkoniyatlarini yaratadigan loyihalar haqida ham ma’lumot berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Discovery Invest qurilish kompaniyasi yirik Amerika qurilish kompaniyasi bilan qo‘shma korxona tashkil etgan va Meksikadagi neft-kimyo majmuasi hamda Saudiya Arabistonidagi konchilik majmuasi qurilishi bo‘yicha EPC shartnomalarini tuzish yuzasidan muzokaralar olib bormoqda. Shuningdek, Albaniyada turistik majmua qurilishida ishtirok etish masalasi muhokama qilinmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev takliflarni qo‘llab-quvvatlab, platforma loyihasini o‘n kun ichida taqdim etishni topshirdi. Jarayonga O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari, avvalo Rossiyadagi elchixona jalb etilishi belgilandi. Prezident mamlakat ichida ham ko‘plab bo‘sh ish o‘rinlari mavjudligini ta’kidlab, zarurat tug‘ilganda tadbirkorlarni xorijdagi o‘zbekistonliklar bilan uchrashib, O‘zbekistondagi ish imkoniyatlari haqida ma’lumot berishga chaqirdi.
Artikxodjayev Yangi Toshkentda ma’muriy binolarni xususiy biznes mablag‘lari hisobidan qurish va keyinchalik ularni davlatga uzoq muddatli ijara asosida berish modelini ham taklif qildi. Uning fikricha, uzoq muddatli shartnomalar kompaniyalarga kredit va xorijiy moliyalashtirishni jalb qilish imkonini beradi. Tadbirkor ushbu loyiha doirasida 100 mingdan ortiq ish o‘rni yaratilishi mumkinligini aytdi.
Bundan tashqari, tadbirkor Ohangaron shahridagi korxona AQShga $100 mlnlik mahsulot eksport qilganini, yil yakuniga qadar bu ko‘rsatkich $200 mln ga yetishini ma’lum qildi.
Uchrashuvda Artikxodjayev avvalgi yillarda tadbirkorlik faoliyati uchun mavjud bo‘lgan sharoitlar haqida ham gapirib, tadbirkorlar tajribasini kitob shaklida jamlashni taklif qildi. Prezident unga ushbu kitobni tayyorlash va unda avvalgi yillarda biznes duch kelgan qiyinchiliklar haqidagi voqealarni ham aks ettirishni topshirdi.

Powered by Froala Editor