Sun’iy intellekt AQShning Xitoy kemasiga qarshi harbiy operatsiyasiga sal qolmay sabab bo‘ldi — CNN
Dunyo
2026-yil bahorida AQSh harbiylari sun’iy intellekt yordamida tayyorlangan noto‘g‘ri ma’lumot sabab Yaqin Sharqdagi Xitoy kemasini sal qolmay to‘xtatib qoldi. Bu haqda CNNga vaziyatdan xabardor to‘rt manba ma’lum qilgan.
Eron bilan urush davom etayotgan paytda AQSh harbiylariga Xitoy kemasi go‘yoki yadroviy qurol dasturiga tegishli qismlarni tashiyotgani haqida hisobot kelib tushgan. Shu ma’lumot asosida kemani ushlash operatsiyasi tayyorlangan. Qurollangan harbiylar kemaga chiqishga tayyorlangan, harbiy samolyotlar esa havoga ko‘tarilgan.
Operatsiya boshlanishidan biroz oldin rasmiylar hisobotdagi dastlabki ma’lumotlarni chuqurroq tekshirgan. Natijada hujjat AQSh Maxsus operatsiyalar qo‘mondonligi tahlilchisi tomonidan SI yordamida tayyorlangani va foydalanilgan chatbot kema yukini noto‘g‘ri aniqlagani ma’lum bo‘lgan.
Tizim ochiq manbalardagi ma’lumotlarni maxfiy razvedka ma’lumotlari bilan birlashtirib, xato xulosaga kelgan. Keyin SI yordamida ma’lumotlar harbiylar uchun odatiy razvedka hisobotiga aylantirilgan va tarqatilgan.
Manbalardan biri hujjatni “butunlay noto‘g‘ri” deb atab, u “urush boshlanishiga sal qolmay sabab bo‘lganini” bildirgan. Qo‘shimcha tekshiruvdan so‘ng operatsiya to‘xtatilgan.

Powered by Froala Editor