Pashinyan Janubiy Kavkazda tinchlik o‘rnatishga qo‘shgan hissasi uchun Aliyevga minnatdorlik bildirdi
Dunyo
Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevga tinchlik jarayoniga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorlik bildirdi. U bu haqda 18-sentabr kuni Visbadenda Janubiy Kavkazda tinchlik o‘rnatish yo‘lidagi sa’y-harakatlari uchun Gessen Tinchlik mukofotini qabul qilganida ma’lum qildi.
“Shuningdek, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevga minnatdorligimni bildirmoqchiman, u ham bu mukofotga teng darajada loyiq”, — dedi Pashinyan.
Uning ta’kidlashicha, 2025-yil 8-avgust kuni Vashington tinchlik sammitidan so‘ng Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasida tinchlik o‘rnatilgan. Sammitda Pashinyan va Aliyev AQSh Prezidenti Donald Tramp ishtirokida qo‘shma deklaratsiyani qabul qilgan. Bosh vazir tinchlik va davlatlararo munosabatlar to‘g‘risidagi kelishuvning paraflanishini ikki mamlakat munosabatlaridagi tarixiy burilish deb atadi.
Pashinyan Armaniston va Ozarbayjon xalqlariga ham minnatdorlik bildirib, ular “tinchlikni qabul qilgani va qo‘llab-quvvatlagani”, o‘tmishni o‘zgartira olmasalar-da, bugun va kelajakni o‘zgartirishlari mumkinligini anglaganini ta’kidladi.
Bosh vazir mintaqadagi transport aloqalarini ochishga qaratilgan TRIPP loyihasiga ham to‘xtaldi. Uning so‘zlariga ko‘ra, loyiha Armaniston hududidagi temir yo‘lni tiklash, shuningdek, avtomobil yo‘llari, quvurlar va elektr uzatish liniyalarini qurishni nazarda tutadi.
Pashinyan tinchlik hali mukammal emasligini, bedarak yo‘qolganlar, ushlab turilgan shaxslar va minalardan tozalash kabi gumanitar masalalar mavjudligini qayd etdi.

Powered by Froala Editor